Propiconazole + Difenoconazole
FUNGITSID GURUHI G 1:3
PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli organizm nomi | Qo’llash me’yori | Oxirgi qo’llash bilan xosil o’rtasidagi muddat |
Bug’doy | Sariq va qo’ng’ir zang, septorioz, un shudring | 0.3-0.4 l/ga | 21 kun |
KIMYOVIY VOSITANI QO‘LLASH USULI
Bug‘doyda zang, un shudring (kul), septorioz barg dog‘lanishi kasalliklariga qarshi kasallikning ilk alomatlari ko‘ringanda dorilash boshlanadi. Agarda yana dorilashga zarurat bo‘lganda ob-havo sharoitlari va kasallikning holatiga qarab 21-28 kun oraliqlar bilan davom ettirilishi mumkin.
KIMYOVIY VOSITANI QO‘LLASHGA TAYYORLASH
Dastavval kerakli miqdordagi “Broader 30 EC” ni bir necha litr suvda yaxshilab eritgandan keyin qorishtiruvchi moslamasi ishlab turgan suv to‘ldirilgan dorilash bakiga ushbu aralashma qo‘shiladi. Jihozning qorishtiruvchi moslamasini ishlatish, preparatni bir tekisda tarqalishi va tatbiq qilinishi zarur. Bakda aralashma tayyorlashda dastavval “Broader 30 EC” suvda eritilishi, undan keyin boshqa
moddalar unga qo‘shilishi kerak.
DORILASH APPARATINI TOZALASH
Qo‘llash tugatilgandan keyin darhol dorilash mashinasi rezervuari xavfsiz ravishda bo‘shatililishi kerak. Rezervuarga toza suv to‘ldirilgandan keyin aralashtirish va purkash tizimi ishlatilib,
barcha qismlari yuvilishini ta’minlash kerak. Suv havzalariga yaqin joyda yuvmang. Yuvishdan chiqqan suvni suv havzalariga oqizmang.
KIMYOVIY VOSITALAR BILAN MOSLIGI
Keng ishlatiladigan bir qancha preparatlar bilan bakda aralashtirilib ishlatilishi mumkin. Ikkilanish bor bo‘lsa, dastlab bir aralashmani sinab ko‘rish tavsiya etiladi.