Mancozeb
FUNGITSID GURUHI M 3
PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli organizm nomi | Qo’llash me’yori | Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat |
Olma | Kalmaraz ( Venturia inaequalis ), Monilioz | 250 gr/ 100 l suv | 21 kun |
Uzum* | Antraknoz ( Ascochyta rabiei ) | 200 gr/ 100 l suv | 21 kun |
Mildyu ( Plasmopora viticola ) | 200 gr/ 100 l suv | ||
Pomidor,
Bodring, Baqlajon, Kartoshka |
Mildyu ( Phytophthora infestans ) | 200 gr/ 100 l suv | 14 kun |
Alternarioz ( Alternaria solani ) | 200 gr/ 100 l suv | 14 kun | |
Sabzavot ko’chatlari | Ko’chatlarning ildiz chirishi ( so’lish )
( Pythium spp, Fusarium spp, Rhizoctonia spp, Alternaria spp, Sclerotinia spp, Phytophtora spp. ) |
200 gr/ 100 l suv | – |
Qovun, tarvuz | Sabzavotlarda antraknoz ( Colletotrichum lagenarium ) | 200 gr/ 100 l suv | 7 kun |
Bug’doy | Zang kasalliklari
Sariq zang ( Puccinia striiformis ) Qo’ng’ir zang ( Puccinia recondita tritici ) Qora zang ( Puccinia graminis tritici ) |
50 gr/ 100 l suv | 28 kun |
* Yaproqlari iste’mol uchun ishlatiladigan uzumzorlarda qo’llash mumkin emas.
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH VOSITASIDAN FOYDALANISH:
Olmada parsha:
1. Dorilash: gullarning pufakchalari qizarganda
2. Dorilash: pushti rozet kurtaklari davrida (gullar alohida ko‘ringanda)
3. Dorilash: gulning toj barglari 70-80% to‘kilganda,
4. va boshqa dorilashlar 10 kunlik vaqt oralig‘i bilan, iqlim sharoiti kasalliklarning rivojlanishi uchun mos bo‘lgan davrlarda amalga oshirilishi kerak.
Uzumda Mildyu: Birinchi dorilashni kurtaklar 25-30 sm ga yetganda boshlash kerak. Ikkinchi va undan keyingi dorilashlar kasallikning rivojlanish holati, meteorologik omillarni hisobga olgan holda 10-15 kunlik interval bilan o‘tkaziladi.
Bodring, Pomidor, baqlajon, kartoshkada mildyu: Dastlabki dog‘lar dala maydonida ko‘rina boshlaganda dorilashni boshlash kerak. Kasallikning rivojlanishi uchun
iqlim sharoitlari mos bo‘lsa, kasallikning kechishi va iqlim sharoitiga qarab, dorilashlar 10-12 kun oralig‘ida davom ettiriladi.
Bug‘doyda zang kasalliklari: sariq zang ( Puccinia striiformis ), Qo’ng’ir zang ( Puccinia recondita tritici ) , Qora zang ( Puccinia graminis tritici ) : Kasallik belgilari paydo bo‘lganda dorilashni boshlash kerak. Barglari va o‘simlik yuzasi to‘liq namlanadigan tarzda dorilanishi kerak. Iqlim sharoiti va kasallikning
holatini hisobga olgan holda dorilashlar 21-28 kun oralig‘ida davom ettiriladi. Hosil yig‘ilishidan bir oy oldin dorilashlar to‘xtatiladi, chunki o‘simlik pishib etish davriga kiradi.
ARALASHITIRISH HOLATI
Boshqa o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan aralashtirilmaydi.