Mixever

Fludioxonil + Metalaxyl-M


FUNGITSID GURUHI  E 2:12 A 1:4

PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararli organizm nomi Qo’llash me’yori Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi  muddat
Makkajo’xori Urug’ yoki ildiz chirishi ( Pythium spp., Fulsarium moniliforme ) 1 l/ 1 tonna urug’
G’o’za Ildizi chirishi

( Rhizoctonia solani, Fusarium spp., Alternaria spp., Macrophomina spp., Verticillum spp., Aspergillus spp. )

5 l /1 tonna tukli urug’,

3 l/1 tonna tuksiz urug’

Garmdori

( dala )

Sabzavot ko’chatlari pitioz va ildiz chirishi

( Pythium spp., Rhizoctonia spp.,  Fusarium spp. )

10 ml/1 m.kv 4 l suv bilan 14 kun
Pomidor

( dala )

Sabzavot ko’chatlari pitioz va ildiz chirishi

( Pythium spp., Fusarium spp., Rhizoctonia spp. )

10 ml/1 m.kv 4 l suv bilan 14 kun
Banan Fuzarioz (  Fusarium oxysporium f. sp. cubense ) 10 l/ga 21 kun
Tamaki Tamaki ko’chatlarida pitioz

( Pythium spp., Fusarium spp., Rhizoctonia solani. )

7.5 ml/1 m.kv 3 l suv bilan 21 kun
Eryong’oq Qora aspergill ( Aspergillus niger ) 0.5 l/100 kg urug’

PREPARATDAN FOYDALANISH USULI:

Banan: fuzariozga qarshi kurashda ko‘chatlarni o‘tqazish paytida preparat har 10 sotix maydonga 1 L to‘g‘ri keladigan shaklda, birinchi suv bilan birga beriladi.

G‘o‘zada ko‘chat ildiz chirishi: urug‘ dalaga qadalmasdan oldin qo‘llaniladi. Dorilash ekish vaqtida o‘tkaziladi. Ho‘llangan g‘o‘za urug‘lari tavsiya etilgan
me’yorda dori bidoni yoki selektorga solinadi. Dorilash bidoni bir xilda dorilamagunga qadar 40-50 marta aylantiriladi. Selektorda esa dorilash qurilmasi sozlanadi.

Pomidor (dala), garmdori (dala) ko‘chatlarida pitioz va ildiz chirishi: tuproqni dorilash ekishdan oldin yoki ekish bilan birga o‘tkaziladi. Ko‘chatni dorilash bir marta yoki birdan ortiq o‘tkazilishi mumkin. Dorilashda m2’ga 4 litr suv bilan garmdori va pomidorga 10 ml preparat qo‘shiladi. Birinchi dorilashdan 14 kun keyin ikkinchi dorilash o‘tkaziladi.
Yeryong‘oq qora aspergilli: preparat urug‘ga qo‘llaniladi. O‘simliklarni himoya qilish vositasi urug‘ yuzasida qolishi uchun urug‘lar avvaldan ho‘llab olinadi.

Makkajo‘xorida urug‘ va ildiz chirishi, fuzarioz kasalliklari: ekishdan avval urug‘lar dorilanadi va dorilashdan qisqa vaqt keyin ekish kerak.

Tamaki ko‘chatlarida pitioz: ko‘chatlar chiqib bo‘lganidan keyin kasallik belgilari ko‘rilganida birinchi dorilash o‘tkaziladi. Dorilashlar 8-10 kunlik oraliqlar bilan takrorlanadi.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:

Neytral reaksiyaga ega boshqa urug‘ dorilovchi o‘simliklarni himoya qilish vositalarining VS yoki FS formalari bilan aralashma sifatida foydalanish mumkin.