EUROGOLD

Etoxazole 110g\l


INSEKTITSID-AKARITSID GURUHI 6

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararli organizm nomi Qo’llash me’yori Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi  muddat
Olma Evropa qizil o’rgimchakkanasi ( panonychus ulmi ) 25 ml/100 l suv 14 kun
Pomidor Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) 35 ml/100 l suv 3 kun
G’o’za Qizil o’rgimchakkana ( tetranychus cinnabarinus ) 250-500 ml/ga 21 kun
Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae )
Tarvuz Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) 25 ml/100 l suv 21 kun
Uzum * Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) 25 ml/100 l suv 7 kun
Bodring

( issiqxona, ochiq dala )

Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) 35 ml/100 l suv 14 kun

Yaproqlari iste’mol uchun ishlatiladigan uzumzorlarda qo’llash mumkin emas.

Xususiyatlari: Eurogold kontakt ta’sirli akaritsid hisoblanadi. Kimyoviy vosita o‘rgimchakkanalarning tuxum, lichinka va nimflariga ularning davr o‘zgartirishlarining oldini olgan holda ta’sir ko‘rsatadi. Yetuklarga ta’sirli emas. Shuning uchun dorilashdan 3-5 kun keyin o‘z ta’srini ko‘rsatadi, Preparatning ta’sir muaddati bir oy hisoblanadi.

O‘SIMLIKNI HIMOYA QILISH MAHSULOTIDAN FOYDALANISH

Olmada yevropa qizil o‘rgimchakkanasi: May oyidan e’tiboran 100 bargda davriy o‘laroq o‘tkaziladigan kuzatuvlarda har bargda o‘rtacha 8-10 dona tirik zararkunanda aniqlansa, dorilash o‘tkazilishi kerak.

Pomidor va bodringda o‘rgimchakkanalar: pomidor va bodringda har bargda 3-5 dona, tirik o‘rgimchakkana aniqlansa, dorilash o‘tkazilishi kerak.

G‘o‘zada o‘rgimchakkanalar: dorilash vaqtini belgilash uchun o‘simliklar 4-6 bargli paytida tekshirish o‘tkaziladi. Zararkunanda faqatgina dala chetida yoki ichida muayyan joylarda aniqlansa, faqatgina o‘sha joylar dorilanadi.

Tarvuzda o‘rgimchakkana: daladagi ilk kuzatuvlar uchun gullash davrida maydonga dioganaliga kiriladi. Har 3-5 qadamda ekinning pastgi va o‘rta barglari tekshiriladi va o‘rtacha bitta bargda 5 ta tirik o‘rgimchakkana kuzatilsa, dorilash o‘tkaziladi.

Uzumdada o‘rgimchakkana: Tokzorlar muntazam kuzatib turiladi, har bargda 5-8 ta zararkunanda aniqlansa, kimyoviy kurash tavsiya etiladi. Birinchi dorilashda qo‘llangan vositaning ta’sir muddati tugagandan keyin o‘tkazilgan kuzatuvda zararkunanda soni avvalgidan ko‘proq bo‘lsa, ikkinchi dorilash o‘tkaziladi. Agar zararlanish davom etayotgan bo‘lsa, hosildan keyin ham dorilash mumkin.

ARALASHTIRISH HOLATI

Uni tarkibida ishqor bo‘lmagan insektitsid, fungitsid va o‘g‘itlar bilan aralashtirish orqali qo‘llash mumkin. Qo‘llash uchun ko‘p miqdordagi aralashmani tayyorlashdan oldin kichik miqdorda sinovlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.