50g/L Hexythiazox
AKARITSID GURUHI A 10
PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli organizm nomi | Qo’llash me’yori | Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat |
G’o’za | Qizil o’rgimchakkana ( tetranychus cinnabarinus ) | 1 l/ga | – |
Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) | 1 l/ga | ||
Baqlajon | Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) | 50 ml/100 l suv | 3 kun |
Olma | Evropa qizil o’rgimchakkanasi ( panonychus ulmi ) | 50 ml/100 l suv | 7 kun |
Uzum * | Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) | 50 ml/100 l suv | 7 kun |
Bodring
( Issiqxona. ochiq dala ) |
Ikki nuqtali o’rgimchakkana ( Tetranychus urticae ) | 100 ml/100 l suv | 3 kun |
* Yaproqlari iste’mol uchun ishlatiladigan uzumzorlarda qo’llash mumkin emas.
O‘SIMLIKNI HIMOYA QILISH MAHSULOTIDAN FOYDALANISH
G‘o‘zada o‘rgimchakkanaga: qarshi dorilash vaqtini belgilash uchun o‘simliklar 4-6 bargli paytida dala nazorati o‘tkaziladi. Zararkunanda faqatgina dala chetida yoki ichida muayyan joylarda aniqlansa, faqatgina o‘sha joylar dorilanadi.
Uzumda o‘rgimchakkanaga: qarshi kurash, dala kuzatuvlarida bitta yaproqda 5-8 ta o‘rgimchakkana aniqlanganida o‘tkaziladi.
Olmada o‘rgimchakkanaga: qarshi kurash ishlari, may oyidan boshlab 100 yaproq hisobida dala kuzatuvlari olib boriladi va unda bitta bargga o‘rtacha 8–10 ta jonli zararkunanda topilganida dorilash o‘tkaziladi.
Bodring, pomidor, qalampir va baqlajonda o‘rgimchakkanaga: qarshi kurashda 0.1 ga maydondagi tasodifiy tanlangan o‘simliklarning pastki va o‘rta yaruslaridagi yaproqlarda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Bitta yaproqda 5 ta jonli zararkunanda topilganda kimyoviy vosita qo‘llaniladi.
Mevali daraxtlarda odatda gultojibarglar to‘kilgandan keyin 1- dorilash o‘tkaziladi. Agar zararlanish kopayadigan bo‘lsa dorilash takrorlanadi. Yetuk yoshdagi o‘rgimchakkanalar uchun preparatning tasiri oz bo‘lishini etiborga olgan holda ishlovni zararkunandalar ko‘payib ketmasidan oldin boshlash kerak. O‘rgimchakkanalarning preparatga nisbatan rezistentligi oshib ketmasligi uchun yilda 2 martadan ko‘p dorilash o‘tkazmang.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:
Kuchli gidroksidli o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan tashqari umumiy akaratsidlar va fungitsidlar bilan aralashtirib qo‘llash mumkin.