SON FINAL

Ethephon 480g\l+Cyclanilide 60 g\l


O’simliklar o’sishini boshqaruvchi vosita guruhi

KIMYOVIY VOSITA QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR

O’simlik nomi Qo’llash maqsadi Qo’llash me’yori  Oxirgi qo’llash bilan terim o’rtasidagi muddat
G’o’za Ko’saklarning ochilishini tezlashtirib erta va bir terimda hosil yig’ib olish, yaproq  to’kilishi bilan yig’im terimni osonlashtirish va paxtani mashinada terishga tayorlash 2 l/ga.Texnik jihatdan tepaga yaqin va terishga tayyor ko’saklar pishganda ( ko’sak pichoq bilan oson kesilmaydigan bo’lganda va ko’sak atrofi och qahva rang bo’lganda ) qolgan ko’saklarning 25-30 % ochilgan paytda sepiladi 7 kun

KIMYOVIY VOSITANI QO’LLASH USULI

Bir kunga yetarli miqdorda aralashma tayyorlang. Suvlanmagan dori uskunaga to‘kilsa ketmaydigan iz qoldirishi mumkin; Bu vaziyatda dori tekkan qismlarni 1 soat ichida mo‘l suv bilan
yuving. Yahshi ishlov berish uchun gektariga 200-400 l suv ishlatilishi kerak. 6-8 soat ichida yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan bo‘lsa dorilash o‘tkazilmaydi. Ishlatmasdan oldin shishani yahshilab chayqating.

SON-FINAL     Ishlatilgan maydonda 30 kun ichida makkajo’xori, don, 60 kun ichida sabzavot ekinlari, 120 kun ichida sabzi, turp kabi ildizmevali sabzavotlar ekmang.

Terim: Samarali hosil olish uchun ko’saklar ochilishi yaqindan kuzatilishi kerak. Ishlov berilgandan keyin 7 kungacha terim boshlanmasligi kerak, hosilni yo’qotmaslik uchun terimni juda kechiktirmaslik ham kerak. Tabiiy sharoitda ishlovdan 14-21 kundan keyin terim uchun yaxshi payt hisoblanadi.

KIMYOVIY VOSITALAR BILAN MOSLIGI

Boshqa preparatlar bilan qorishtirib ishlatilishi tavsiya etilmaydi.