900g/L Fatty acids and hydrocarbons
Biologik insektitsid Guruhi UN
PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O‘simlik nomi | Zararli hasharot nomi | Sarf me’yori | Oxirgi dorilash va hosil yig’ish orasidagi muddat |
G’O’ZA | Oqqanot, shira, tamaki tripsi, kuzgi tunlam kapalagi, ko’sak qurti kapalagi | 1 /ga | 3 kun |
Pomidor, bodring, Bo’lg’or qalampiri
( issiqxona ) |
Oqqanot, shira, tamaki tripsi | 0.5/100 l suv | 3 kun |
Uzum | Uzum barg o’rovchisi | 0.5/100 l suv | 3 kun |
Tamaki | Tamaki tripsi | 0.5/100 l suv | 3 kun |
ECO 7 STAR KIMYOVIY VOSITANING QO‘LLANILISHI:
Tavsiya etilgan me’yorga muvofiq ECO 7 STAR avval bo‘sh idishga quyiladi va ustidan suv quyilib keyin aralashtiriladi. (Mazkur ko‘rsatmaga qat’iy rioya qiling) Dorilash apparatining baki yarimigacha suv bilan to‘ldiriladi. Uskunaning mikseri ishlayotgan paytda qorishma bakka solinadi. Ishlov oxiriga yetguniga qadar qorishtirish ishi davom etib turadi. Tayyorlangan qorishma kun davomida ishlatilishi lozim.
KALIBRLASH
Dorilashni boshlashdan oldin, dastavval ishlatiladigan jihozni bir o‘lchamga keltirish (kalibrovka) kerak. Dastavval bir bak suv sepib qancha maydon dorilanishi mumkinligini aniqpash kerak, undan keyin bu maydon uchun hisoblangan dozaga ko‘ra preparatli suyuqlik tayyorlanadi. O‘simlikning hamma tomoni dorilanadigan tarzda yaxshilab qoplovchi dorilashni amalga oshirish kerak. Kunning issiq paytlarida, o‘simlik yashil qismlari ho‘l bo‘lgan paytda yoki yog‘ingarchilik kutilayotgan paytlarda dorilash o‘tkazilmasligi kerak.
ARALASHTIRISH HOLATI:
Ko‘pchilik insektitsidlar bilan aralashtirilishi mumkin, ammo ishlatishdan oldin test o‘tkazilishi kerak.