diflubenzuron, 240 g/l
Preparatning afzalliklari:
• Pardaqanotli zararkunandalariga, jumladan, karam qurtlariga qarshi yuqori samarali
• Noyob kimyoviy sinf va o‘ziga xos ta’sir mexanizmi
• Piretroidlar va FOSga chidamli zararkunandalar populyasiyasini yo‘q qilish
• Lichinkalarning chiqishi paytida zararkunandalarga qarshi kurash, preparat ta’sirining uzoq saqlanishi
• Foydali hasharotlar va asalarilarga o‘rtacha salbiy ta’sir
• Chigirtkalarga qarshi avisiyadan foydalanish imkoniyati
Tayyorgarlik shakli:
Suvli suspenziya konsentrati
Ta’sir mexanizmi:
Gerold® kontakt va ichak ta’siriga ega, zararli hashoratlarda hazm jarayonlarini buzadi. U o‘z ta’sirida fosfororganik va piretroid preparatlaridan tubdan farq qiladi. Preparat yetuk zotlarga ta’sir qilmaydi, lekin tuxum va lichinkalarning rivojlanishini buzadi (ovicidal va larvisidal ta’sir).
Ta’sir tezligi:
Zararkunanda lichinkalarining nobud bo‘lishi ishlovdan taxminan 10 kun o‘tgach kuzatiladi, ammo 3-5 kundan keyin ular kamroq harakatlana boshlaydi va oziq-ovqat iste’molini keskin kamaytiradi.
Himoya qilish muddati:
Gerold® ishlovdan keyin 25-30 kun davomida faol bo‘lib qoladi.
Turli ekinlarni barg kemiruvchi zararkunandalardan himoya qilish, shuningdek chigirtkalarni
yo‘q qilish uchun xitin sintezi ingibitorlari sinfida insektisid.
| Ekin turi | Zararkunandalar | Sarf me’yori l/ga |
| Olma | olma qurti, kuya lichinkalari, Halqali tut qurti, tilla dum |
0,2-2l/ga |
| Karam | Karam qurti, karam kuyasi, oq pashsha | 0,15l/ga |
| G‘o‘za,Makkajo‘xori, kungaboqar, soya | Ko‘sak qurti | 0,5-1l/ga |
| Raps | Karam qurti | 0,5-1l/ga |
| Yaylovlar, o‘tloqlar, chigirtkalar bilan zararlangan hududlar | Chigirtkalar | 0,05l/ga |