TERDOK 080 EC

Clpdinafop-propargyl 80g\l+ Cloquintocet- mexit 20g\l


Emulsiya konsentrati (EC)     

Guruh-A1                 

Gerbitsid (Begona o`tlarga qarshi vosita)

 

 

Preparat qo`llaniladigan O’simlik va begona o’tlar

O’simlik nomi Begona o’tlar nomi Sarf me’yori
Bug’doy Bir yillik boshoqli begona o’tlar(Yovvoyi so’li) 400ml/ga

Asosan bug’doyning erta tuplash davridan

eng kech tuplash davri oxirigacha qo`llaniladi

Preparatdan foydalanish

Terdok 080 EC, bugʼdoy va begona oʼtlar unib chiqqandan keyin bugʼdoyning  3 barglik davridan to tuplanish davri tugaguniga qadar istalgan vaqtda ishlatilishi mumkin.

Terdok 080 EC ni koʼpchilik begona oʼtlarning unib chiqqan davrida, issiq va namgarchilik sharoitida, hamda begona oʼtlarning faol ravishda oʼsayotgan davrida qoʼllansa eng

yaxshi natijaga erishiladi.

Terdok 080 EC, doimiy taʼsirga ega emasligi sababli, preparat qoʼllanilganidan keyin chiqqan begona oʼtlarni nazorat qilmaydi. Аgar dorilashdan keyingi 2 soat ichida yomgʼir

yogʼishi ehtimoli boʼlsa, dorilash oʼtkazilmaydi.

OʼSIMLIKLАR TOMONIDАN QАBUL QILINISHI
Tavsiya etilgan davrda va dozada ishlatilganda juda yaxshi natijaga erishiladi.

CHEKLOVLАR
Terdok 080 EC bugʼdoydan boshqa ekin turlarida foydalanish tavsiya etilmaydi.

АLMАSHLАB EKISH BOʼYICHА TАVSIYALАR
Terdok 080 EC qisqa vaqt ichida tuproqda parchalanib ketishi sababli, uning tuproqqa taʼsiri deyarli salbiy emas.  Shuning uchun navbatdagi ekiladigan ekinga zararli taʼsiri yoʼq.

BOSHQА PREPАRАTLАR BILАN BIRGА FOYDАLАNISH
Boshqa oʼsimliklarni himoya qilish vositalari bilan birgalikda ishlatilmaydi.