SONROUND 48 SL

Glifosat I.P.A. tuz  


Suvda eruvchan konsentrat

Guruhi – G

Gerbitsid

 

PREPАRАT QOʼLLАNILАDIGАN OʼSIMLIK VА BEGONА OʼTLАR

O’simlik nomi  Begona o’t nomi Sarf me’yori Qo’llash muddati
Sitrus mevalar,
tok, mevali
bogʼlar va madaniy
ekinlar
yetishtirilmaydigan
maydonlar
Bir yillik va koʼp yillik
boshoqli hamda ikki pallali
begona oʼtlarga qarshi
5 l/gа Begona oʼtlar yosh va
faol oʼsayotgan davrda
(gʼoʼza ekiladigan
dalalarda ekishdan
avval, ekish paytida
yoki ekishdan keyin
ishlatish mumkin.
Biroq mutlaqo gʼoʼza
nihollari unib chiqishidan
oldin dorilash kerak)
Yoʼllar, temir yoʼl
chetlari, zavod-
fabrika bogʼlari,
tarixiy maydonlar,
aeroportlar, dala
chetlari va hokazo.
Toʼp-toʼp boʼlib oʼsadigan va
yogʼochsimon oʼsimliklar
10 l/gа Begona oʼtlar
faol oʼsadigan davrda
Yoʼl chetlari, suv va
drenaj kanallari
Yoʼl cheti va suv
ustidagi begona oʼtlar
10-15 l/gа Begona oʼtlar
faol oʼsadigan davrda

 

PREPАRАTNI QOʼLLАSH USULI
Eng yaxshi natijaga begona oʼtlar faol oʼsgan paytda erishiladi. Аralashmani madaniy oʼsimiklarning tana qismlariga va yosh koʼchatlarning yashil qismlariga tegishidan ehtiyot boʼling. Sonround 48 SL tizimli taʼsir qiluvchi oʼsimliklarni himoya qilish vositasi boʼlganligi uchun, dorilashdan keyin kamida 4-5 kun dalada agrotexnik tadbirlar oʼtkazilmasligi kerak. Dorilashda bir gektar uchun ideal suv miqdori 200-400 litrdir. Dorilashlar kunning salqin soatlarida, shamolsiz yoki shamol kam vaqtlarda bajarilishi kerak.

REZISTENTLIKKА OID MА’LUMOT

Sonround 48 SL nomli oʼsimliklarni himoya qilish vositasi, taʼsir qilish mexanizmiga koʼra G Guruhiga kiruvchi gerbitsiddir. Bir xil taʼsir mexanizmiga ega boʼlgan oʼsimliklarni himoya qilish vositasini qayta ishlatilishi oʼsimlikni rezistentligini oshishiga sabab boʼladi. Shuning uchun, rezistentlikni kamaytirish maqsadida Sonround 48 SL ni bir mavsumda umumiy ishlatilishi kerak boʼlgan miqdordan oshirmang. Dorilashni takrorlash kerak boʼlgan hollarda, har xil taʼsir mexanizmiga ega (G guruhidan tashqari) oʼsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishga eʼtibor bering.

PREPАRАTLАR BILАN MOSLIGI:
Boshqa oʼsimlikni himoya qilish mahsulotlari bilan aralashtirmang.