150 g/L Indoxacarb methyl
INSEKTISID GURUHI 22 A
PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli xasharot nomi | Sarf me’yori | Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat |
G’o’za | Kusak qurti ( Helicoverpa armigera ) | 450 ml/ga | 14 kun |
Barg qurti ( Spodoptera littoralis ) | 400 ml/ga | ||
Uzum | Uzum barg o’rovchisi ( Lobesia botrana ) | 25ml/100 l suv | 10 kun |
Makkajo’xori | Makkajo’xori parvonasi ( Ostrinia nubilalis ) | 300 ml/ga | 3 kun |
Pomidor | Pomidor kuyasi ( Tuta absoluta ) | 400 ml/ga | 3 kun |
Olma | Olma mevaxo’ri ( Cydia pomonella ) | 35ml/100 l suv | 14 kun |
PREPARATNI QO’LLASH USULI
G’o’za tunlamiga qarshi tasodifiy tanlangan 3 M qator uzunligidagi hamma o’simliklar nazorat qilinib g’o’za tunlami tuxumlari va lichenkalarining soni sanaladi va 3 M qator ustunligida 2 ta lichenka topilganda Awacant qo’llaniladi.
Makkajo’xori so’ta qurti va makkajo’xori parvonasiga qarshi kurashda zararkunandaning birinchi tuxumlari kuzatilganda dorilash o’tkaziladi. Birinchi dorilashdan 15 kun o’tkandan keyin ikkinchi dorilash o’tkaziladi.
Olma mevaxo’riga qarshi kurash prognozlash va erta aniqlash asosida olib boriladi. Bundan maqsad xar davrga oid lichenka chiqishi vaqtida daraxtlarning dorilangan holda bo’lishi va tuxumdan chiqqan lichenkalarni meva ichiga kirmasdan yo’q qilishdir.
Pomidorda g’o’za tunlamiga qarshi kurashda dalaga diagonal ravishda kirilib dalaning katta kichikligiga qarab 50-100 ta o’simlik tekshirilib o’simlikning gul, barg, barg bandi va mevasida tunlam qurtlari qidiriladi va 100 ta o’simlikning 5 tasida zararlanganlik alomatlari aniqlansa dorilash o’tkaziladi.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN BIRGA FOYDALANISH:
Bir qancha fungisid va insektisidlar bilan birga ishlatish mumkin. Qo’llashdan oldin kichik maydonda sinab ko’rish tavsiya etiladi.