Petra 5 EC

Lambda- cyhalothrin


INSEKTESID GURUHI A 3

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararli hasharot nomi Sarf me’yori Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat
G’O’ZA Ko’sak qurti 1 l/ga 10 kun
O’rgimchakkana 0.5 l/ga
UZUM Uzum barg o’rovchisi 20 ml/100 l suv 10 kun
BUG’DOY Xasva 0.2 l/ga 10 kun
POMIDOR G’o’za tunlami 0.5 l/ga 10 kun
KARTOSHKA Kolorado qo’ng’izi 0.4 l/ga 14 kun
KARAM Karam kuyasi 0.25 l/ga 14 kun
MAKKAJO’XORI Kuzgi tunlam 1 l/ga 14 kun
Makkajo’xori parvonasi 1 l/ga
OLMA Olma mevaxo’ri 20 ml/100 l suv 15 kun
Olma kuyasi 10 ml 100l suv

PREPARATNI QO’LLASH USULI

Petra 5 EC  kontakt va meda ichak yo‘li orqali ta’sir ko‘rsatadi, birdaniga va yetarlicha turg‘un ta’sir kuchiga ega. Dorilashda yaxshi natijaga erishish uchun dorilashlarni zararkunandalarga qarshi eng muvofiq paytda va eng yaxshi qamrab oladigan tarzda amalga oshirish kerak.

G’o’zada ko’sak qurtiga qarshi tasodifiy tanlangan 3 m qator uzunligidagi hamma o‘simliklar nazorat qilinib ko‘sak qurti tuhumlari va lichinkalarining soni sanaladi va 3 m qator uzunligida 2 ta lichinka topilganda Petra 5 EC qo‘llaniladi. Kartoshkada kolorado qo‘ngiziga qarshi qurtning lichinkalik va voyaga yetgan davrlarida dorilashni amalga oshirish kerak.

REZISTENTLIKKA OID MA’LUMOT

Petra 5 EC nomli o‘simliklarni himoya qilish vositasi ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra 3 A Guruhiga kiruvchi insektitsiddir. Bir xil ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qayta ishlatilishi o‘simlikni rezistentligini oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, rezistentlikni kamaytirish maqsadida Petra 5 EC ni bir mavsumda umumiy ishlatilishi kerak bo‘lgan miqdordan oshmaslik kerak. Dorilashni takrorlash kerak bo‘lgan hollarda, turli xil ta’sir mexanizmiga ega (guruh 3 A dan tashqari) o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishga e’tibor bering.

PREPARATLAR BILAN MOSLIGI

Petra 5 EC bir qancha insektitsid, akarisit va fungisidlar bilan aralashtirib ishlatish mumkin.