Rockypso

Thiacloprid


INSEKTESID GURUHI A 4

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

 

O’simlik nomi Zararli hasharot nomi Qo’llash me’yori Oxirgi qo’llash va xosil o’rtasidagi muddat
OLMA Shira, Barg o’rovchi, Mevaxo’r, Soxta qalqondor, Shira, Olma kuyasi 40 ml/100 l suv 14 kun
NOK Nok shirasi ( Cacopsylla pyru ) 50 ml/100 l suv 14 kun
GILOS Gilos pashshasi ( Rhagoletus cerasu ) 40 ml/100 l suv 14 kun
Olma kuyasi ( Archups rosanus ) 50 ml/100 l suv
YONG’OQ Shira, Yong’oq mevaxo’ri 50 ml/100 l suv 21 kun
ANOR Anor shirasi ( Aphus punucae ) 40 ml/100 l suv 14 kun
POMIDOR

( issiqxona )

Oqqanot ( Bemisia tabaci ) 50 ml/100 l suv 3 kun
QALAMPIR

( issiqxona )

Oqqanot ( Bemisia tabaci ) 50 ml/100 l suv 3 kun

PREPARATNI QO’LLASH USULI

Olma yashil shirasiga qarshi kurashni vegetatsiya davrida 15 ta zararlangan gul yoki barg ko‘ringanda boshlash kerak.

Olma kuyasiga qarshi kurashda dorilashlarni kuzatuv va erta bashorat qilish orqali tashkil qilish kerak. Olma qurtiga qarshi kurashda asosiy maqsad zararkunandaning har avlodiga tegishli lichinkalar chiqishida daraxtni dorilangan holda tutish va shu orqali lichinkaning poyadan mevaga o‘tishini oldini olishdir.

Gilos pashshasiga qarshi kurash, sariq yopishqoq tuzoqlarda birinchi katta yoshdagi zararkunanda kuzatilgandan keyin 7-10 kun ichida o‘tkazilishi kerak.

Pista shirasiga kurashni tashkil qilishda haftalik 100 ta barg kuzatiladi, har bitta bargda o‘rtacha 20-30 nimfa aniqlansa dorilash o‘tkaziladi.

Nok shirasiga qarshi kurash qishki avlodlarning deyarli barcha tuxumlari paydo bo‘lgach, 15% dan ortiq zararlanish kuzatilganda dorilash boshlanadi.

Pomidor (issiqxona) va qalampir (issiqxona) da oqqanotga qarshi dorilash ishlari, issiqxonadagi kuzatuvlarda har bir bargda 5 ta lichinka + nimfa
aniqlanganda boshlanadi.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN BIRGA FOYDALANISH:

Qo‘llashdan oldin kichik maydonda sinab ko‘rish tavsiya etiladi.