Riga 247 SC

Tiamethoxam + Lambda - cyhalothrin


INSEKTESID GURUHI A 4 : A 3

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararkunanda nomi Qo’llash me’yori va davri Oxirgi dorilash va yig’ish orasidagi muddat
G’o’za Sikada ( Empoasca decipiens, 

Asymmetrasca decedens )

200 ml/ga 21 kun

Preparatning xususiyatlari va ta’siri:

Riga®247 SC;  ikkita ta’sir qiluvchi moddadan tarkib topgan kompleks ko‘rinishdagi o‘simliklarni himoya qilish vositasi hisoblanadi. Bular, Thiamethoxam – me’da ichak yo‘li va tizimli ta’sir ko‘rsatish xususiyati  orqali zararkunandalarning nerv tizimlari va ovqat hazm qilish organlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Lambda-cyhalothrin – ham kontakt
ham me’da ichak yo‘llari orqali zararkunandalarning muskul to‘qimalari va ovqat hazm qilish organlarini ishdan chiqaradi.

PREPARATNI QO’LLASH USULI

G‘o‘zada shira, trips, oqqanot va qandalaga qarshi kurashda avval dala kuzatuvlari olib boriladi. Dalaning uchta joyidan tasodifiy tanlangan ko‘chatlarning pastgi, o‘rta va yuqori yaruslaridagi barglari kuzatiladi va bitta bargda 10 ta larva + lichinka kuzatilganda dorilash o‘tkaziladi.

REZISTENTLIKNI BOSHQARISH:

Riga®247 SC nomli o‘simliklarni himoya qilish vositasi, ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra 4A:3A Guruhga tegishli bo‘lgan insektitsid hisoblanadi. Bir hil ta’sir qilish mexanizmiga ega bo‘lgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qayta ishlatilishi o‘simlikni rezistentligini oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, rezistentlikni kamaytirish maqsadida, Riga®247 SC  ni bir mavsumda mumkin bo‘lgan umumiy qo‘llashlar sonidan oshirmaslik kerak. Dorilashni takrorlash kerak bo‘lgan hollarda, turli xil ta’sir mexanizmiga ega (4A:3A Guruhdan  tashqari) o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishga e’tibor bering.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:

Boshqa o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan birgalikda qo‘llanilishi tavsiya qilinmaydi.