Applore 25 EC

Difenoconazole

FUNGITSID GURUHI  G 1:3

PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararli organizm nomi Qo’llash me’yori Oxirgi qo’llash bilan xosil o’rtasidagi muddat
OLMA Kalmaraz ( Venturia inaequalis ) 10 ml/ 100 l suv 14 kun
NOK Kalmaraz ( Venturia inaequalis ) 10 ml/ 100 l suv 14 kun
QAND

LAVLAGI

Serkozparoz ( Cercospora beticola ) 300 ml/ga 14 kun
Unshudring ( Erysiphe betae ) 200 ml/ga 14 kun

O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH MAHSULOTIDAN FOYDALANISH

Olmada kalmaraz:
1-dorilash: Gul kurtaklari shishib boshlangan davrda
2-dorilash: Gul kurtaklari pushti rangga kirgan davrida (gullar alohida ko‘ringanda)
3-dorilash: Gullarning toj barglari 70-80% to‘kilganda
4 chi va boshqa dorilashlar  iqlim sharoiti va kasallikning rivojlanish jadalligiga qarab 15 kunlik interval bilan amalga oshirilishi kerak.

Nokda kalmaraz:

Qand lavlagida serkosporoz kasalligi:  Birinchi dorilash qand lavlagi barglarining 5% ida serkospora dog‘lari paydo bo‘lganda boshlanadi. 15-20 kunlik interval bilan dorilashlarni davom ettirish mumkin.

Qand lavlagida unshudring kasalligi:  Dorilashlar kasallik belgilari ko‘rilganda boshlanadi. Iqlim sharoiti va kasallikning rivojlanish jadalligiga qarab 20 kunlik interval bilan keyingi dorilashlar amalga oshirilishi mumkin.

PREPARATLAR BILAN MOSLIGI

Uni boshqa o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan aralashtirish orqali foydalanish mumkin. Agar zarurat bo‘lsa, sinov o‘tkazish tavsiya etiladi.