esfenvalerat, 50 g/l
Preparatning afzalliklari:
• Insektisid ta’sirining juda yuqori tezligi («nokdaun effekti»)
• Ikki tomonlama ta’sir mexanizmi – kontakt va ichak
• Past sarf me’yorida ham samaradorlik
Tayyorgarlik shakli:
Emulsiya konsentrat
Ta’sir mexanizmi:
Ikki tomonlama ta’sirga ega – kontakt va ichak. Bundan tashqari, preparat hashoratlarni yaxshi qaytaradi va ularni oziqlanishdan to‘xtatadii
Himoya qilish muddati:
Sempay® tizimli ta’sirga ega emas, ammo juda uzoq davom etadigan ta’sirga ega (taxminan 2 hafta).
Ta’sir tezligi:
Ishlovdan keyin 10-15 minut ichida zararkunandalar harakat qilishni to‘xtatadi. Ularning o‘limi preparatni qo‘llashdan keyin 1,5 – 2 soat ichida sodir bo‘ladi.
Moslik:
Sempay® boshqa insektisidlar va fungisidlar bilan birga ishlatilishi mumkin, ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan dorilar bundan mustasno
Ishchi suyuuqlik sarfi:
Dala va sabzavot ekinlari uchun – 200 – 400 l/ga, zig‘ir ko‘chatlari – 100 – 200, olma daraxtlari – 600 – 1200, ignabargli va barglidaraxt turlari – 600,
aviasiya bilan ishlovda – 3 – 25 l / ga. Polifem, adyuvantini qo‘shib qo‘llash tavsiya beriladi.
Turli ekinlarni, shuningdek bargli va ignabargli daraxtlarni zararkunandalar majmuasidan himoya qilish uchun tejamkor piretroid insektisid..
| Ekin turi | Zararkunandalar | Sarf me’yori l/ga |
| Olma | Olma mevaxo‘ri, bargo‘rovchi qurtlar | 0,5-1 |
| Karam | Karam qurtlari, karam kuyasi | 0,2 |
| Zig’ir | zig‘ir kanalari | 0,2 |
| Makkajo‘xori, soya g‘o‘za, kungaboqar | Ko‘sak qurti | 0,5-1 |
| Raps | karam kuyasi | 0,2 |
| Ignabargli daraxtlar | Qarag‘ay bilan oziqlanadigan zararkunandalar | 0,5-1 |