Bestutax

75 g/l Mesotrione + 30 g/l  Nicosulfuron


Makka jo’xori barcha begona o’tlariga

 O’simlik nomi   Begona o’tlar    Sarf me’yori   Oxirgi dorilash va hosil yig’ish orasidagi muddat
 Makkajo’xori            Dag’alkanop
Eshakko’ra
Dala pechagi
Salomaleykum
Kurmak
Qora  kurmak
Bamiya
Semiz o’t
Yomishqoq o’t
G’umay
Qo’ytikan
   2 l/ga Begona o’tlar unib
chiqqandan keyingi 2-6 barglik  davrida qo’llaniladi
                  35kun

O’simliklarni himoya qilish vositasini qo’llash usuli:
Bestutax-  bu makkajo’xori dalalarida muommo bo’lgan keng va ingichka bargli begona o’tlarga qarshi unib  chiqqandan keyin qo’llaniladigan tizimli ta’sir qiliuvchi o’simliklarni himoya qilish vositasi hisoblanadi. Bestutax asosan  o’simliklarning barglari va qisman ildizlari orqali olinadi va o’simliklarning o’tkazuvchi to’qimalarida ( xam ksilema,  ham floemada)  tashiladi va  qo’llanilganda so’ng darhol o’sishni to’xtatadi.
O’simliklarni himoya qilish vositasining  ta’sir moddalaridan biri bo’lgan mezotrion begona o’tlardagi karotionid biosintezini bevosita to’xtatadi.O’simliklarni himoya qilish vositasining ta’sir moddalaridan biri bo’lgan mezotrion begona o’tlardagi karotionid biosintezini bevosita to’xtatadi. Begona o’tlarda karotionid biosintezi xlorofill moddasining parchalanishini ta’minlaydi,  natijada begona o’tlar qisqa muddatda nobud bo’ladi.  Nikosulfuron sululfoniluriya  guruhining foal moddasi bo’lib, ALS fermenti sintezining inxibitori hisoblanadi.  Ushbu ferment asosiy oqsil bloklari bo’lgan valin va izoleotsin hosil qilishda muxim ro’l o’ynaydi.  Dorilash paytida makka jo’xori 1-8 chin barg bosqichida bo’lishi kerak. O’suv davridagi dorilashlarda  makkajo’xori o’simligida kuchsiz sarg’ayish, yomon tuproq tuzilishi, dorilashdan keyingi sovuq,  nam quruq ob  havo sharoiti hamda kunduz va kecha o’rtasidagi harorat farqlari haddan tashqari oshi  ketishi kabi stress sharoitida barglarning rangi yengil o’zgarishi mumkin. Biroq,  bu holat vaqtinchalik xisoblanib hosildorlikka hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Dorilashlar kunning issiq soatlarida amalga oshirmasligi kerak.  Qo’llashdan keyin 4-5 soat ichida yog’ingarchilik bo’lmasligi kerak. Dorilashlar kunning issiq soatlarida amalga oshirmasligi kerak.  Dorilash ishlari samarali  bo’lishi uchun, har bir gektarga 200-400 l suv ishlatilib yaxshi qoplama xosil qilish kerak.
 O’simlik tolerantlik
Bestutax – faqat makkajo’xorida qo’llaniluvchi o’simliklarni himoya qiluvchi vosita xisoblanadi.  Tavsiyalarga muvofiq foydalanilganda makkajo’xori tomonidan  yaxshi qabul qilinadi. Urug’lik uchun ekilgan makkajo’xori maydonlarida foydalanish tavsiya etilmaydi.  Bestutax ni shirin makkajo’xori va popkorn tayyorlanadigan makkajo’xori navlarida ishlatish mumkin emas.
Almashlab  be takroriy ekish.
Agar biron sababga ko’ra makkajo’xori unib  chiqmasa, darhol qayta ekish mumkin. Tuproqqa ishlov berilgandan keyin almashlab ekish sifatida kuzgi bug’doy va arpa  ekish mumkin.
Diqqat
Qandlavlagi, no’xat va loviya ekish Bestutax qo’llanilgandan 18 oy keyin va  tuproqqa ishlov berilgach amalga oshirilishi  mumkin. Qandlavlagi va sabzavotlar makkajo’xori ekishdan keyin almashlab ekish sifatida ekilmaydi.  Begona o’tlar va makkajo’xori xo’l bo’lgada dorilash o’tkazilmasligi kerak.