Best Alfa 100 EC

Alphacypermethrin


INSEKTISID GURUHI A 3

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararli hasharot nomi Sarf me’yori Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat
G’O’ZA Ko’sak qurti ( Helicoverpa armigera ) 1 l/ga (dorilash tuxum birinchi marta aniqlanganda boshlanadi ) 14 kun
MAKKAJO’XORI Ko’sak qurti ( Helicoverpa armigera ) 0.4 l/ga (dorilash tuxum birinchi marta aniqlanganda boshlanadi ) 14 kun
Makkajo’xori parvonasi ( Ostrinia nubilalis ) 0.4 l/ga (dorilash tuxum birinchi marta aniqlanganda boshlanadi )
OLMA Olma mevaxo’ri ( Cydia pomonella ) 20 ml/ 100 l suv 14 kun
BUG’DOY Xasva ( Eurygaster integriceps ) 200 ml/ga 1-3, va 4-5 bosqich nimfa, yangi avlod va kattalar 14 kun
Shilimshiq qurti ( Lema melonopus L ) 450 ml/ga Qishlangan kattalar, 2-5 bosqichli nimflar va yangi avlod kattalar
POMIDOR Ko’sak qurti ( Helicoverpa armigera ) 500 ml/ga 14 kun

PREPARATDAN FOYDALANISH USULI

Kontakt va me’da ichak yo’llari orqali ta’sir qilishi sababli, dorilashda yaxshi qoplama xosil qilinishi kerak.

Ko’sak qurtiga qarshi tasodifiy tanlangan 3 m qator uzunligidagi hamma o’simliklar nazorat qilinib ko’sak qurti tuxumlari va lichinkalarining soni sanaladi va 3 m qator uunligida 2 ta lichenka topilganida Best Alfa 100 EC qo’llaniladi.

Olma mevaxo’riga qarshi kurashda xar avlodga oid lichenkalar chiqishi davrida daraxtlar dorilangan holda bo’lishi kerak. Shunda tuxumdan chiqqan lichinkalarni meva ichiga kirmasdan bartaraf qilsa bo’ladi.

PREPARATLAR BILAN MOSLIGI

Best Alfa 100 EC  Yuqori  gidroksidli moddalardan tashqari ko’p insektisidlar va fungisidlar bilan aralashadi. Kukun shaklidagi o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan aralashtirish kerak bo’lganda, kichik test o’tkazilgandan keyin foydalanish tavsiya etiladi.