Cypermethrin
INSEKTISID GURUHI A 3
PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O‘simlik nomi | Zararkunanda nomi | Qo’llash me’yori
( litr/gektar ) |
G’O’ZA | Tut parvonasi, ko’sak qurti, G’o’za tunlami | 0.3 |
BUG’DOY | Xasva | 0.2-0.3 |
MAKKAJO’XORI | Makkajo’xori parvonasi | 0.3 |
OLMA | Olma mevaxo’ri | 200 ml/100 l suv |
SABZAVOT EKINLARI | Oq qanot kuzgi tunlam, g‘o‘za tunlami, barg burgachasi | 0.3-0.4 l |
BOG’ | Barg o’rovchisi | 20 ml/100 l suv |
PREPARATDAN FOYDALANISH USULI:
G‘o‘zada ko‘sak qurtiga qarshi tasodifiy tanlangan 3 m qator uzunligidagi hamma o‘simliklar nazorat qilinib ko‘sak qurti tuxumlari va lichinkalarining soni sanaladi va 3 m qator uzunligida 2 ta lichinka topilganda Best Alfa 100 ES qo‘llaniladi.
Olma mevaxo‘riga qarshi kurash prognozlash va erta aniqlash asosida olib boriladi. Bundan maqsad har davrga oid lichinka chiqishi vaqtida daraxtlarning dorilangan holda bo‘lishi va tuxumdan chiqqan lichinkalarni meva ichiga kirmasdan yo‘q qilishdir.
Donli ekinlardagi xasvaga qarshi kurash dala kuzatuvlariga qarab zararkunandalar aniqlanganda olib boriladi.
Makkajo‘xorida kuzgi tunlam va makkajo‘xori parvonasiga qarshi kurash dalada zararkunandalarning ilk tuxumlari ko‘ringanda boshlanadi hamda 15 kun oralatib 3 marta dorilash o‘tkaziladi.
Pomidorda tunlam qurtiga qarshi kurashda dalaga diagonal ravishda kirilib dalaning katta kichikligiga qarab 50-100 ta o‘simlik tekshirilib o‘simlikning gul, barg, barg bandi va mevasida tunlam qurtlari qidiriladi va 100 ta o‘simlikning 5 tasida zararlanganlik alomatlari aniqlansa dorilash o‘tkaziladi.
Chigirtkalarga qarshi kuzatuvdagi maydonlarda chigirtka nimfalari aniqlangan paytda darxol dorilash o’tkaziladi.
PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:
BEST SIPER 25 EC Yuqori gidroksidli moddalardan tashqari ko‘p insektitsidlar va fungitsidlar bilan aralashib keta oladi. Kukun shaklidagi o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan
aralashtirish kerak bo‘lganda, kichik test o‘tkazilgandan keyin foydalanish tavsiya etiladi.