Cedriks

Pseudomonas fluorescens strain Pf1


BIOLOGIK FUNGITSIT GURUHI

PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

 

O’simlik nomi Zararli organizm nomi Qo’llash me’yori
G’o’za Ildiz chirish

( Rhizoctonia spp., Phythium spp., Fusarium spp.)

1.5 l/ga
Uzum Kulrang chirish ( Botrytis cinerea ) 300 ml/100 l suv
Bodring

( Issiqxona )

Ildiz chirish

( Rhizoctonia spp., Phythium spp., Fusarium spp.)

3 l/ga
Qulupnay

( dala/ issiqxona)

Kulrang chirish ( Botrytis cinerea ) 300 ml/100 l suv
Kartoshka Kartoshka ildiz nekrozi ( Rhizoctonia solani ) 0.5 l/100 kg urug’
O’rik O’rik moniliozi ( Monilinia laxa ) 300 ml/100 l suv

Mahsulot xususiyatlari:

Pseudomonas floresan substrati (ferment orqali ishlaydigan molekula) tuproq va
barglar filosferasida patogenlarga qarshi kurashda ishlatiladi.

O‘SIMLIKNI HIMOYA QILISH VOSITASIDAN FOYDALANISH

Cedriks vositasini qo‘llashni uzumda kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi
bilan boshlang va 7-10 kunlik interval bilan foydalanishda davom eting.

Uzumda unshudring:
1-dorilash uzum donalarining kattalashgan davrida;
2-dorilash va boshqalari o‘simliklarni himoya qilish vositasining ta’sir qilish vaqtini hisobga olgan holda amalga oshiriladi (10 kun).
Bodring (issiqxona) dagi ildiz chirishi: Cedriks bilan bodringdagi tuproq orqali yuqadigan patogenlarga qarshi birinchi dorilash ko‘chat ekishdan bir hafta oldin
tomchilatib sug‘orish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi dorilash ko‘chat ekishdan so‘ng darhol amalga oshiriladi, boshqa dorilashlar ko‘chat ekilganidan keyin 15 kun
oralig‘ida tomchilatib sug‘orish tizimi orqali amalga oshiriladi.

Qulupnayda unshudring: Birinchi dorilash gullarning 10 foizi ochilganda, 2-dorilash gullarning 50 foizi ochilganda, 3-dorilash birinchi yashil mevalar paydo bo‘lgan davrda
amalga oshirilishi kerak. Dorilashlar o‘simliklarning novdalari, barglari va shoxlarida quruq joy qolmaydigan shaklda bajarilishi kerak. Issiq soatlarda, shamolli ob-havo sharoitida, o‘simliklarning barglari juda quruq va so‘ligan bo‘lsa dorilash tavsiya qilinmaydi. Aralashmadan iloji boricha tezroq foydalanish kerak. Aralashmaning ph darajasi 4,5 – 8,5 orasida bo‘lishi lozim.

Kartoshka ildizi nekrozi: 100 kg kartoshka urug‘ini dorilash uchun tavsiya etilgan dori 1 litr suvga qo‘shib aralashtiriladi. Urug‘liklar tekis qatlamga bir xil qalinlikda
yoyilib, dori sepuvchi moslama yordamida urug‘liklar ustiga dorili aralashmani sepish orqali amalga oshiriladi.

O‘rikda moniliozga qarshi:
1-dorilash: Gullash boshlanishida (5-10% gullaganda)
1-dorilash: To‘liq gullaganda (90-100% gullaganda)

ARALASHTIRISH HOLATI:

Cedriks fungitsidlar bilan aralashib keta oladi. Gerbitsidlar va insektitsidlar bilan aralashtirmang.