Cot-Pax

50g/L  Mepiquart  Chloride


O’simliklar o’sishini boshqaruvchi vosita  guruhi  

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR

O‘simlik nomi Qo’llash maqsadi Sarf me’yori
G’o’za O’simlikni o’sishini kimyoviy usulda cheklash yo’li bilan hosildorlikni oshirish va ko’saklarning etilishini jadallashtirish 1.5 l/ga G’o’zani shonalash, gullash va hosil tugish ( 13-14 hosilshohi paydo bo’lgan ) davrlarida 250-500 ml/ga dan, 10-15 kunlik oraliq bilan 3-4 marta qo’llaniladi.

PREPARATNI QO‘LLASH USULI

G‘o‘zada qo‘llanilishi: Cot-Pax g‘o‘zada vegetativ organlarni o‘sib ketishini oldini oladi va o‘sishni tartibga soladi.

Cot-Pax ning afzalliklari: G‘o‘za barglari to‘q yashil holda, bo‘g‘in oralarining qisqarishi hisobiga o‘simlik ixcham ravishda rivojlanib boradi va qator oralari ancha kech yopiladi. Natijada quyosh nurlari o‘simlikka yaxshiroq tegishi, havo aylanishi yaxshi bo‘lganligi uchun o‘simlikning pastki qismlaridagi ko‘sak chirishi xavfini kamaytiradi. Hosil tashlash kamayadi va ko‘saklarning erta yetilishiga yordam beradi.

Cot-Pax ni qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak: Cot-Pax samaradorligini oshirish uchun:
– O‘simlikning o‘gitga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish kerak;
– To‘gri sug‘orish sxemasi qo‘llanilishi kerak;
– G‘o‘za dalalarida begona o‘tlar va zararkunandalar bilan kurash o‘z vaqtida amalga oshirilishi kerak.

Cot-Pax ni qo‘llash muddati: g‘o‘zada Cot-Pax ni qo‘llashning optimal muddati gullash boshlangandan keyingi 2 haftalik davr hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan muddat sug‘orish imkoniyatlaridan kelib chiqib 3-5 kun oldin yoki keyin bo‘lishi mumkin.

Cot-Pax qo‘llash me’yori: Cot-Pax odatda bir marta 1 L/ga me’yorida qo‘llaniladi. Agar Cot-Pax qo‘llanilgan dalada g‘o‘zalar keragidan ortiq o‘g‘itlash va sug‘orish ta’sirida yana shiddat bilan o‘sishda davom etsa, birinchi ishlovdan 3-4 hafta o‘tgach 0,5 L/ga me’yorida ikkinchi ishlov berish tavsiya etiladi.

Bo‘lib qo‘llash: Cot-Pax ni yuqori me’yorda ishlatish o‘rniga, bu me’yorni g‘o‘zaning shonalash davridan boshlab gektariga 1,5 litr Cot-Pax ni 3 yoki 4 marotaba bo‘lib qo‘llasa ham bo‘ladi. Cot-Pax ni bo‘lib qo‘llash, sug‘orish qiyin bo‘lgan, tartibsiz sug‘oriladigan va past bo‘yli g‘o‘za dalalarida ham foydalanish imkonini beradi.

Bo‘lib qo‘llashda Cot-Pax ning me’yorlari:
1-Ishlov: 250 ml/ ga (shonalash boshlanganda)
2-Ishlov: 250-500ml/ga (1-sugorishdan oldin yoki rivojlanish sekin bo‘lsa sugorishdan keyin)
3-Ishlov: 250-500 ml/ga (2-ishlovdan 7-14 kun keyin yoki 2chi sug‘orishdan oldin)
4-Ishlov: 500 ml/ga (g‘o‘zada o‘sish davom etayotgan bo‘lsa)
Cot-Pax dorilash apparati orqali gektariga kamida 300 litr suv bilan sepiladi yoki
Cot-Pax boshqa zararkunandalarga qarshi qo‘llanilayotgan kimyoviy vositalar bilan qo‘shib ishlatilishi ham mumkin.

PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:

Ishqorli kimyoviy vositalar bilan qo‘shib ishlatish tavsiya qilinmaydi.