Efhun

480g/L Ethephon


O’simliklar o’sishini boshqaruvchi vosita guruhi A 10

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR

O’simlik nomi Qo’llash maqsadi Qo’llash me’yori va vaqti
G’o’za Ko’sak ochilishini ta’minlash va barqaror hosilga erishish. 3 l/ga 2- ekin va kech ekilgan g’o’zalarda ko’saklarning 25-30 % i ochilganida ko’sak ochtiruvchi sifatida qo’llaniladi

Oxirgi ishlov bilan hosil yig’ish muddati oralig’i 14 kun

Hosil yig’ish

Kimyoviy vosita qo‘llanilganidan so‘ng to‘g‘ri agrotexnika ishlarining davom ettirilishi va eng maqbul hosil yig‘ish davrini aniqlash uchun dalani yaqindan ko‘zdan kechirish lozim.

KIMYOVIY VOSITANI QO‘LLASHGA TAYYORLASH

Dastavval kerakli miqdordagi  “Efhun” ni bir necha litr suvda yaxshilab eritgandan keyin qorishtiruvchi moslamasi ishlab turgan suv to‘ldirilgan dorilash bakiga ushbu aralashma qo‘shiladi. Jihozning qorishtiruvchi moslamasini ishlatish, preparatni bir tekisda tarqalishi va tatbiq qilinishi zarur. Bakda aralashma tayyorlashda dastavval  “Efhun”  suvda eritilishi, undan keyin boshqa moddalar unga qo‘shilishi kerak.

KALIBRLASH

Dorilashni boshlashdan oldin, dastavval ishlatiladigan jihozni bir o‘lchamga keltirish (kalibrovka) kerak. Dastavval bir bak suv sepib qancha maydon dorilanishi mumkinligini aniqpash kerak, undan keyin bu maydon uchun hisoblangan dozaga ko‘ra preparatli suyuqlik tayyorlanadi. O‘simlikning hamma tomoni dorilanadigan tarzda yaxshilab qoplovchi dorilashni amalga oshirish kerak. Kunning issiq paytlarida, o‘simlik yashil qismlari ho‘l bo‘lgan paytda yoki yog‘ingarchilik kutilayotgan paytlarda dorilash o‘tkazilmasligi kerak.

KIMYOVIY VOSITALAR BILAN MOSLIGI

Ishqorli kimyoviy vositalar bilan aralashtirilishi tavsiya qilinmaydi.