Fullpas 100 EC

Penconazole


FUNGITSID GURUHI  G 1:3

PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

O’simlik nomi Zararli organizm nomi Qo’llash me’yori Oxirgi dorilash va xosil orasidagi  muddat
Uzum* Unshudring ( Erizife necator ) 25 ml/ 100 l suv 21 kun
Atirgul Atirgul unshudringi ( Sphaerotheca pannosa var. rosae ) 25 ml/ 100 l suv 14 kun
Pomidor

( issiqxona)

Unshudring ( Leveillila taurica ) 50 ml/ 100 l suv 7 kun
Pomidor

( dala )

Unshudring ( Leveillila taurica ) 50 ml/ 100 l suv 7 kun
Qalampir

( issiqxona)

Unshudring ( Leveillila taurica ) 50 ml/ 100 l suv 7 kun
Bodring

( issiqxona )

Unshudring

( Erysiphe cichoracearum, Sphaerotheca fuliginea )

50 ml/ 100 l suv 7 kun
Tamaki Unshudring   ( Erysiphe cichoracearum ) 35 ml/ 100 l suv yoki 0.4 l/ga 14 kun
Baqlajon

( issiqxona )

Unshudring ( Leveillila taurica ) 50 ml/ 100 l suv 7 kun
Qulupnay Unshudring ( Sphaerotheca macularis f. sp. fragariae ) 50 ml/ 100 l suv 7 kun

Yaproqlari iste’mol uchun ishlatiladigan uzumzorlarda qo’llash mumkin emas.

O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH VOSITASIDAN FOYDALANISH:

FULLPAS 100 EC o‘simlik tanasiga tezda singadi va qo‘llanilgandan so‘ng ko‘p o‘tmay barglarga o‘tadi. Shu sababli, dorilashdan keyin qisqa vaqt ichida yog‘adigan yomg‘irdan ta’sirlanmaydi.

Uzumda unshudring:

1-dorilash;  Gullashdan oldin meva shoxlari 25-30 sm bo‘lgan davrda,
2-dorilash;  Gullashdan oldin gul kurtaklari ajraladigan davrda,
3-dorilash;  Gullarning tojibarglari to‘kilgan va uzum donalarai mayda granula hajmida bo‘lgan davrda,
4-va boshqa dorilashlar;  Uchinchi dorilashdan so‘ng ishlatilgan kimyoviy vositaning ta’sir qilish vaqtiga  ko‘ra qo‘llaniladi.

Atirgulda unshudring:  Birinchi dorilash barglar va kurtaklarning shakllanishi boshlanganda amalga oshiriladi.

Pomidorda (issiqxona) unshudring:  dalada va issiqxonada kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganda, dorilash o‘tkazilishi kerak. Keyingi dorilashlar kasallikning rivojlanishi va iqlim
sharoitiga qarab 12-14 kunlik interval bilan takrorlanadi, hamda o‘simliklarning barcha tomonlarini qoplaydigan tarzda va havo salqin va shamolsiz bo‘lganda amalga oshirilishi kerak.

Qalampirda (issiqxona) unshudring: Issiqxonada kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganda dorilash o‘tkazilishi kerak. Keyingi dorilashlar kasallikning rivojlanishi va iqlim sharoitiga
qarab 12-14 kunlik interval bilan takrorlanadi, hamda o‘simliklarning barcha tomonlarini qoplaydigan tarzda va havo salqin va shamolsiz bo‘lganda amalga oshirilishi kerak.

Bodringda (issiqxona) unshudring: Issiqxonada kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganda dorilash o‘tkazilishi kerak. Keyingi dorilashlar kasallikning rivojlanishi va iqlim sharoitiga
qarab 12-14 kunlik interval bilan takrorlanadi, hamda o‘simliklarning barcha tomonlarini qoplaydigan tarzda va havo salqin va shamolsiz bo‘lganda amalga oshirilishi kerak. Kundalik o‘rtacha
harorat 27°C dan yuqori va nisbiy namlik 50% dan past bo‘lsa, dorilash o‘tkazilmaydi.

Qulupnayda unshudring:
1-dorilash: Kasallikning birinchi belgilari ko‘rilganda,
2-va boshqa dorilashlar: Oldingi ishlatilgan kimyoviy vositaning ta’sir muddatini hisobga olgan holda va kasallik rivojlanishi tugagunga qadar 10 kunlik interval bilan davom ettiriladi.
Dorilashlarda oxirgi qo‘llash va hosilni yig‘ish orasidagi vaqtga e’tibor berish kerak.

ARALASHTIRISH HOLATI

FULLPAS 100 EC oldindan aralashtirilib sinovdan o‘tgan bo‘lsa, uni boshqa o‘simliklarni himoya
qilish vositalari bilan aralashtirish mumkin.