Genesiss®

Faol modda: 200 g/l Karfentrazon-etil + 30 g/l Diuron Tarkibi: (SE) Suspenziya emul'siyasi Xususiyatlari: Hektas Genesiss paxta dalalarida defoliasiya  uchun ishlatiladi. Preparat g‘o‘za barglarini  yashil holatda to‘kish bilan bir qatorda  ochilmagan ko‘saklarni ochilishini   tezlashtiradi.


Qo‘llash usuli:
Hektas Genesiss® paxta hosilidan 10-14 kun oldin, ko‘sakning ochilish darajasi  o‘rtacha 65% ga yetganda, gektariga 20-40 litr suv bilan qo‘llaniladi. Bu paxtaning  erta va bir xil ochilishi va defoliasiyani ta’minlaydi va tezlashtiradi. Uning  tarkibidagi karfentrazon-etil faol moddasi tufayli o‘simlik barglari  tomonidan, shuningdek, diuron faol moddasi tufayli o‘simlik ildizlari
tomonidan o‘zlashtiriladi. Bu esa barglarni yashil holda to‘kilishiga sabab   bo‘ladi. Barglar qurimasidan oldin tushgani uchun, ko‘sakdagi paxta tolalari toza   qoladi va paxta bir martada yig‘ib olinadi. Qo‘llashdan yaxshi natija olish uchun  o‘simlikning barcha barglari tayyorlangan aralashma bilan kontaktga kirishi  kerak.
Mahsulot almashuvi:
Paxta maydonida ekilgan o‘simliklar uchun cheklovlar:
Sabzi: 3 oy davomida ekilmasin. Do‘lva, beda, ildiz va barg bilan iste’mol   qilinadigan sabzavotlar: 2 oy davomida ekilmasin. Donli o‘simliklar, taro‘s va  jo‘xori: 2 hafta davomida ekilmasin. Piyoz: 4 oy davomida ekilmasin. Salat bargi: 9 oy davomida ekilmasin.
Boshqa ma’lumotlar
Aralashuvchanlik:
Paxta hosilidan oldin qo‘llaniladigani sababli, boshqa o‘simlik himoya   vositalari bilan aralashtirilmaydi.

                   O’simlik nomi                             Qo‘llanish dozasi       Oxirgi sepish va hosil
olish oralig‘idagi muddat
        G’o’za   Ko‘sakning ochilish darajasi o‘rtacha 65% ga yetganda 500 ml/ga qo‘llaniladi
(Ko‘saklarni ochtiradi va barglarni yashil holatda to‘kadi)
            14 kun