80% Vegetable fatty acids
O’simliklar o’sishini boshqaruvchi vosita guruhi
KIMYOVIY VOSITA QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR
O‘simlik nomi | Qo’llash me’yori | Qo’llash maqsadi |
Bug’doy | 0.5-2 l/ga | Yonshoh chiqarish va to’plash davrida |
G’o’za | 2 l/ga | Ilk qo’llash: Ekilishidan 30 kun keyin va shohlash davrida |
KIMYOVIY VOSITANI QO’LLASH USULI
Green Miracle preparatini bir kunga etarli darajada qorishim tayyorlang. Suvga aralashtirilmagan preparat ishlatilayotgan uskuna ustiga to’kilsa o’chmaydigan dog’lar qoldirishi mumkun: bu kabi holatlarda ifloslangan qismlarini 1 soat ichida ko’p miqdorda suv bilan yuving. Dorilashda yaxshi qoplama hosil qilish uchun gektariga 200-400 litr suv ishlatiladi. 6-8 soat ichida yomg’ir yog’ishi kutilayotgan bo’lsa ishlov berish amalga oshirilmasligikerak. Ishlatishdan avval preparat idishini yaxshilab chayqating.
KIMYOVIY VOSITANI QO’LLASHGA TAYYORLASH
Tavsiya etilgan me’yorga muvofiq hisoblangan preparat alohida idishda suv bilan aralashtiriladi. Ishlov beradigan uskunaning baki yarmigacha suv bilan to’ldiriladi. Uskunaning mikseri ishlayotgan paytda qorishma bakka qo’shiladi. Qorishtirma ishi davom etgan holda, bak suv bilan to’ldiriladi. Ishlov yakuniga etguncha qorishtirma ishi davom ettiriladi. Qorishma tayyorlangan kun davomida ishlatilishi lozim.
KALIBRLASH:
Ishlov berishdan oldin sepadigan mashinani sozlash kerak. 1 gektarga ishlanadigan suv miqdorini o’lchab, baki suv bilan to’ldiriladi. Bu suv bilan qancha maydonga etishiga qarab suv miqdori hisoblanadi.
DORILASH APPARATINI TOZALASH
Ishlov tamomlangandan so’ng ishlov uskunasiningbakini ishonchli bir shaklda bo’shating. Bakka toza suv to’ldirilgandan so’ng mikser va purkagich tizimini ishlatgan holda barcha qismlarini yuvilishini ta’minlang. Yuvish ishlarini suv havzalariga yaqin joyda amalga oshirmang. Yuvishdan chiqqan suv va chiqindilarini suv havzalariga oqizmang.
PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:
Green Miracle ni boshqa o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi. Agar aralashtirish kerak bo’lsa, kichik idishda aralashtirib sinab ko’rish kerak.