GROMSTOR

Tribenuron-methyl


GERBISID GURUHI B 2

PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIK VA BEGONA O’TLAR

O’simlik nomi Begona o’tlar nomi Sarf me’yori
Bug’doy Bir yillik ikki pallali begona o’tlar 0.015-0.02 l/ga

 

PREPARATNI QO’LLASH USULI

GROMSTOR – bug’doydagi keng bargli begona o’tlarga qarshi kurashda qo’llaniladigan , keng ta’sir doirasiga ega begona o’tlardan ximoya qiluvchi vositadir. U past dozalarda qo’llaniladi. Selektivlik xususiyati juda yuqori. U bug’doyning tuplanish davridan to boshoqlash davrigacha xavfsiz ishlatilishi mumkin. Eng yaxshi natijaga begona o’tlar kamida ikki bargli, lekin balandligi yoki diametri 15 sm ga etguncha va begona o’tlar don bilan qoplanmaganida olinadi. Ko’kbosh o’tlari kup bo’lgan dalalarda, Ko’kbosh 7-8 bargli va diametri 8-9 sm bo’lgan davrda qo’llanilishi kerak.

Muhim: Agar qo’llash yo’riqnomasiga rioya qilinmasa  daraxtlarga va boshqa madaniy o’simliklarga zarar etkazishi mumkin. Mevali daraxtlar yoki boshqa madaniy o’simliklarning ildizlari dorilash paytida preparat tavsiya qilinmagan madaniy o’simliklarga tegishini oldini oling. Daryo va sug’orish suvlarini ifloslantirmang.

Umumiy ma’lumot:

GROMSTOR begona o’tlarning ildizi yoki yashil qismlari orqali ularning tanasiga kirib boradi. Er ostida turg’un ta’siri oz. Tasirchan begona o’tlarning o’sishi – dorilashdan keyin ko’p o’tmay to’xtaydi. Dorining ta’sir qilish belgilari begona o’tlarning o’sish sharoitlariga, gerbisidlarga sezgirligiga qarab, qo’llanilgandan 1-3 xafta o’tgach ko’rinadi. Dorilashdan keyingi 2 soatlik yomg’irsiz davr begona o’tlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Dorilashdan keyin issiq va nam sharoitlar o’simliklarni himoya qilish vositasining ta’sirini tezlashtiradi, sovuq va quruq sharoit esa uni kechiktiradi/

Fitotoksiklik:

GROMSTOR tavsiyalarga muvofiq ishlatilganda fitotoksik emas. GROMSTORni noqulay ob-havo sharoiti, qurg’oqchilik ta’sirida stressga tushgan yoki zararkunandalar tomonidan zarar ko’rgan o’simliklarga qo’llamang.

 

Almashlab ekish: GROMSTORni bug’doy va arpada qo’llagandan keyin oddiy almashlab ekishda ekiladigan xar qanday madaniy ekinlarni ekish mumkin.