Fludioxonil + Metalaxyl-M
FUNGITSID GURUHI E 2:12 A 1:4
PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli organizm nomi | Qo’llash me’yori | Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat |
Makkajo’xori | Urug’ yoki ildiz chirishi ( Pythium spp., Fulsarium moniliforme ) | 1 l/ 1 tonna urug’ | – |
G’o’za | Ildizi chirishi
( Rhizoctonia solani, Fusarium spp., Alternaria spp., Macrophomina spp., Verticillum spp., Aspergillus spp. ) |
5 l /1 tonna tukli urug’,
3 l/1 tonna tuksiz urug’ |
– |
Garmdori
( dala ) |
Sabzavot ko’chatlari pitioz va ildiz chirishi
( Pythium spp., Rhizoctonia spp., Fusarium spp. ) |
10 ml/1 m.kv 4 l suv bilan | 14 kun |
Pomidor
( dala ) |
Sabzavot ko’chatlari pitioz va ildiz chirishi
( Pythium spp., Fusarium spp., Rhizoctonia spp. ) |
10 ml/1 m.kv 4 l suv bilan | 14 kun |
Banan | Fuzarioz ( Fusarium oxysporium f. sp. cubense ) | 10 l/ga | 21 kun |
Tamaki | Tamaki ko’chatlarida pitioz
( Pythium spp., Fusarium spp., Rhizoctonia solani. ) |
7.5 ml/1 m.kv 3 l suv bilan | 21 kun |
Eryong’oq | Qora aspergill ( Aspergillus niger ) | 0.5 l/100 kg urug’ | – |
PREPARATDAN FOYDALANISH USULI:
Banan: fuzariozga qarshi kurashda ko‘chatlarni o‘tqazish paytida preparat har 10 sotix maydonga 1 L to‘g‘ri keladigan shaklda, birinchi suv bilan birga beriladi.
G‘o‘zada ko‘chat ildiz chirishi: urug‘ dalaga qadalmasdan oldin qo‘llaniladi. Dorilash ekish vaqtida o‘tkaziladi. Ho‘llangan g‘o‘za urug‘lari tavsiya etilgan
me’yorda dori bidoni yoki selektorga solinadi. Dorilash bidoni bir xilda dorilamagunga qadar 40-50 marta aylantiriladi. Selektorda esa dorilash qurilmasi sozlanadi.
Pomidor (dala), garmdori (dala) ko‘chatlarida pitioz va ildiz chirishi: tuproqni dorilash ekishdan oldin yoki ekish bilan birga o‘tkaziladi. Ko‘chatni dorilash bir marta yoki birdan ortiq o‘tkazilishi mumkin. Dorilashda m2’ga 4 litr suv bilan garmdori va pomidorga 10 ml preparat qo‘shiladi. Birinchi dorilashdan 14 kun keyin ikkinchi dorilash o‘tkaziladi.
Yeryong‘oq qora aspergilli: preparat urug‘ga qo‘llaniladi. O‘simliklarni himoya qilish vositasi urug‘ yuzasida qolishi uchun urug‘lar avvaldan ho‘llab olinadi.
Makkajo‘xorida urug‘ va ildiz chirishi, fuzarioz kasalliklari: ekishdan avval urug‘lar dorilanadi va dorilashdan qisqa vaqt keyin ekish kerak.
Tamaki ko‘chatlarida pitioz: ko‘chatlar chiqib bo‘lganidan keyin kasallik belgilari ko‘rilganida birinchi dorilash o‘tkaziladi. Dorilashlar 8-10 kunlik oraliqlar bilan takrorlanadi.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:
Neytral reaksiyaga ega boshqa urug‘ dorilovchi o‘simliklarni himoya qilish vositalarining VS yoki FS formalari bilan aralashma sifatida foydalanish mumkin.