Dimethomorph+Mancozeb
FUNGITSID GURUHI M 3 H 5 40
PREPARAT QO‘LLANILADIGAN O‘SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli organizm nomi | Qo’llash me’yori | Oxirgi dorilash va xosil yig’ish orasidagi muddat |
Bodring
( dala-issiqxona ) |
Qovoqguldoshlarda mildyu
( Pseudoperonospora cubensis ) |
200 gr/100 l suv | 3 kun |
Uzum* | Mildyu ( Plasmopara viticola ) | 200 gr/100 l suv | 28 kun |
Piyoz | Piyoz mildyusi ( Peronospora destructor ) | 200 gr/100 l suv | 7 kun |
Kartoshka | Mildyu ( Phytophthora infestans ) | 2.5 kg/ga | 7 kun |
Pomidor | Mildyu ( Phytophthora infestans ) | 250 gr/100 l suv | 7 kun |
Qovun | Qovoqguldoshlarda mildyu
( Pseudoperonospora cubensis ) |
200 gr/100 l suv | 7 kun |
Tarvuz | Qovoqguldoshlarda mildyu
( Pseudoperonospora cubensis ) |
2 kg/ga | 3 kun |
* Yaproqlari iste’mol uchun ishlatiladigan uzumzorlarda qo’llash mumkun emas
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH VOSITASINI ISHLATISH:
Bodring (dala-issiqxona) mildyusi: Dorilash ishlari barglarda kasallikning ilk belgilari namoyon bo‘lganda boshlanadi, va kasallanish darajasiga qarab 7- 10 kunlik oraliqda takrorlanadi. Dorilashlar o‘simlikning barcha tomonini qamrab olishi va xususan, barglar osti yaxshilab yuvilishi kerak
Tok mildyusi: Ilk dorilash yangi novdalar 25-30 sm ga yetganda boshlanishi kerak. Ikkinchi va undan keyingi dorilash ishlari birinchi dorilash, kasallikning rivojlanishi, ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda 10-15 kun oraliq bilan amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
Kartoshka mildyusi: Iqlim sharoitlari masalan, yuqori namlik yoki atrof- muhitda kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilan birinchi dorilash o‘tkaziladi. Keyingi dorilashlar 10-12 kun oraliq bilan o‘tkaziladi va kasallikning kechishiga qarab takrorlanadi.
Piyoz mildyusi: O‘rtacha kunlik harorat 16 ° S ga yetsa va nisbiy namlik 80% ga yetsa, atrof muhitda kasallikning dastlabki belgilari kuzatilsa kasallikga qarshi kurashni boshlash kerak.
Pomidor mildyusi: Kasallikga qarshi kurash pomidorning barglarida yoki kasallik har yili paydo bo‘ladigan joylarda, kasallik uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, 3-5 mm diametrli jigarrang dog‘lar ostida oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Kasallik va iqlim sharoitlariga qarab, dorilashlar 10-12 kun oraliqda davom ettiriladi.
KIMYOVIY VOSITALAR BILAN MOSLIGI:
Boshqa himoya vositalari bilan aralashtirilganda sinov o‘tkazish tavsiya etiladi.