RITMICA OF 120

Mesosulferon-methyl 30g\l +Mefenper- diethyl (safener) 90g\l


Yogʼ asosli suspenziya kontsentrat (SC)

Guruhi – B2

Gerbitsid

 

 

PREPАRАT QOʼLLАNILАDIGАN OʼSIMLIK VА BEGONА OʼTLАR

O’simlik nomi  Begona o`tlar  Sarf me’yori
BUGʼDOY Bir yillik boshoqli begona oʼtlar (yovvoy suli,
tulkiquyruq, raygras va boshqalar)

400ml/ga + Swap 21(*)

Bugʼdoy va begona
oʼtlarning tuplanish
davrida

 

PREPАRАTDАN FOYDАLАNISH

Ritmica OF 120 tizimli taʼsir qiluvchi oʼsimliklarni himoya qilish vositasi boʼlib, U begona oʼtlarning barglari va qisman ildizlari orqali tanasiga kiradi va begona oʼtning barcha qismlariga yetib boradi. Ildizlari tuproqdan suv va ozuqa moddalarini olishni toʼxtatadi. Natijada begona oʼtning bugʼdoy bilan raqobati juda qisqa vaqt ichida tugaydi. Begona oʼtlar boshida rangi oʼzgaradi, deformatsiyalanadi va oxirida quriydi. Qurish begona oʼtning turi va iqlim sharoitlarga qarab 2-4 hafta davom etadi. Oʼsimliklarni himoya qilish vositasi bugʼdoyni butun vegetatsiya davrida va begona oʼtlarning faol oʼsayotgan davrida qoʼllaniladi.

АLMАSHLАB EKISH
Bir yildan keyin ekish uchun hech qanday chegara yoʼq. Ikkinchi ekin sifatida chuqur haydash sharti bilan makkajoʼxori va paxta ekish mumkin.

REZISTENTLIKKА OID MА’LUMOT
Ritmica OF 120 taʼsir qilish mexanizmiga koʼra B:2 guruhiga kiruvchi gerbitsiddir. Bir xil taʼsir mexanizmiga ega oʼsimliklarni himoya qilish vositalarining takroriy
qoʼllanilishi rezistentlik rivojlanishiga yordam beradi. Shuning uchun, rezistentlikni kamaytirish maqsadida Ritmica OF 120 bir mavsumda umumiy ishlatilishi kerak boʼlgan
miqdordan oshmasligi kerak. Dorilashni takrorlash kerak boʼlgan hollarda, har xil taʼsir mexanizmiga ega (B:2 guruhidan tashqari) oʼsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishga eʼtibor bering.

PREPАRАTLАR BILАN MOSLIGI:
Ritmica OF 120 ni organofosforli oʼsimliklarni himoya qilish vositalari va suyuq barg
oʼgʼitlari bilan aralashtirib boʼlmaydi.