Ethephon 480g\l+Cyclanilide 60 g\l
O’simliklar o’sishini boshqaruvchi vosita guruhi
KIMYOVIY VOSITA QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR
O’simlik nomi | Qo’llash maqsadi | Qo’llash me’yori | Oxirgi qo’llash bilan terim o’rtasidagi muddat |
G’o’za | Ko’saklarning ochilishini tezlashtirib erta va bir terimda hosil yig’ib olish, yaproq to’kilishi bilan yig’im terimni osonlashtirish va paxtani mashinada terishga tayorlash | 2 l/ga.Texnik jihatdan tepaga yaqin va terishga tayyor ko’saklar pishganda ( ko’sak pichoq bilan oson kesilmaydigan bo’lganda va ko’sak atrofi och qahva rang bo’lganda ) qolgan ko’saklarning 25-30 % ochilgan paytda sepiladi | 7 kun |
KIMYOVIY VOSITANI QO’LLASH USULI
Bir kunga yetarli miqdorda aralashma tayyorlang. Suvlanmagan dori uskunaga to‘kilsa ketmaydigan iz qoldirishi mumkin; Bu vaziyatda dori tekkan qismlarni 1 soat ichida mo‘l suv bilan
yuving. Yahshi ishlov berish uchun gektariga 200-400 l suv ishlatilishi kerak. 6-8 soat ichida yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan bo‘lsa dorilash o‘tkazilmaydi. Ishlatmasdan oldin shishani yahshilab chayqating.
SON-FINAL Ishlatilgan maydonda 30 kun ichida makkajo’xori, don, 60 kun ichida sabzavot ekinlari, 120 kun ichida sabzi, turp kabi ildizmevali sabzavotlar ekmang.
Terim: Samarali hosil olish uchun ko’saklar ochilishi yaqindan kuzatilishi kerak. Ishlov berilgandan keyin 7 kungacha terim boshlanmasligi kerak, hosilni yo’qotmaslik uchun terimni juda kechiktirmaslik ham kerak. Tabiiy sharoitda ishlovdan 14-21 kundan keyin terim uchun yaxshi payt hisoblanadi.
KIMYOVIY VOSITALAR BILAN MOSLIGI
Boshqa preparatlar bilan qorishtirib ishlatilishi tavsiya etilmaydi.