Glifosat I.P.A. tuz
Suvda eruvchan konsentrat
Guruhi – G
Gerbitsid
PREPАRАT QOʼLLАNILАDIGАN OʼSIMLIK VА BEGONА OʼTLАR
O’simlik nomi | Begona o’t nomi | Sarf me’yori | Qo’llash muddati |
Sitrus mevalar, tok, mevali bogʼlar va madaniy ekinlar yetishtirilmaydigan maydonlar |
Bir yillik va koʼp yillik boshoqli hamda ikki pallali begona oʼtlarga qarshi |
5 l/gа | Begona oʼtlar yosh va faol oʼsayotgan davrda (gʼoʼza ekiladigan dalalarda ekishdan avval, ekish paytida yoki ekishdan keyin ishlatish mumkin. Biroq mutlaqo gʼoʼza nihollari unib chiqishidan oldin dorilash kerak) |
Yoʼllar, temir yoʼl chetlari, zavod- fabrika bogʼlari, tarixiy maydonlar, aeroportlar, dala chetlari va hokazo. |
Toʼp-toʼp boʼlib oʼsadigan va yogʼochsimon oʼsimliklar |
10 l/gа | Begona oʼtlar faol oʼsadigan davrda |
Yoʼl chetlari, suv va drenaj kanallari |
Yoʼl cheti va suv ustidagi begona oʼtlar |
10-15 l/gа | Begona oʼtlar faol oʼsadigan davrda |
PREPАRАTNI QOʼLLАSH USULI
Eng yaxshi natijaga begona oʼtlar faol oʼsgan paytda erishiladi. Аralashmani madaniy oʼsimiklarning tana qismlariga va yosh koʼchatlarning yashil qismlariga tegishidan ehtiyot boʼling. Sonround 48 SL tizimli taʼsir qiluvchi oʼsimliklarni himoya qilish vositasi boʼlganligi uchun, dorilashdan keyin kamida 4-5 kun dalada agrotexnik tadbirlar oʼtkazilmasligi kerak. Dorilashda bir gektar uchun ideal suv miqdori 200-400 litrdir. Dorilashlar kunning salqin soatlarida, shamolsiz yoki shamol kam vaqtlarda bajarilishi kerak.
REZISTENTLIKKА OID MА’LUMOT
Sonround 48 SL nomli oʼsimliklarni himoya qilish vositasi, taʼsir qilish mexanizmiga koʼra G Guruhiga kiruvchi gerbitsiddir. Bir xil taʼsir mexanizmiga ega boʼlgan oʼsimliklarni himoya qilish vositasini qayta ishlatilishi oʼsimlikni rezistentligini oshishiga sabab boʼladi. Shuning uchun, rezistentlikni kamaytirish maqsadida Sonround 48 SL ni bir mavsumda umumiy ishlatilishi kerak boʼlgan miqdordan oshirmang. Dorilashni takrorlash kerak boʼlgan hollarda, har xil taʼsir mexanizmiga ega (G guruhidan tashqari) oʼsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishga eʼtibor bering.
PREPАRАTLАR BILАN MOSLIGI:
Boshqa oʼsimlikni himoya qilish mahsulotlari bilan aralashtirmang.