Emamectin benzoate
INSEKTESID GURUHI A 4
PREPARAT QO’LLANILADIGAN O’SIMLIKLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR
O’simlik nomi | Zararli hasharot nomi | Sarf me’yori | Oxirgi dorilash va hosil yig’ish orasidagi muddat |
G’o’za | Ko’sak qurti ( Helicoverpa armigera ) | 400 gr/ga | 14 kun |
Barg qurti (Karadrina ) ( Spodoptera littoralis ) | 400 gr/ga | ||
Uzum | Uzum barg o’rovchisi (Lobesia botrana ) | 30 gr/100 l suv | 10 kun |
Makkajo’xori | Makkajo’xori parvonasi ( Ostrinia nubilalis ) | 0.400 kg/ga | 3 kun |
Pomidor
( issiqxona ) |
Pomidor kuyasi ( Tuta absoluta ) | 30 gr/100 l suv | 3 kun |
Olma | Olma mevaxo’ri ( Cydia pomenella ) | 40 gr/100 l suv | 14 kun |
O‘simliklarga nisbatan bardoshlilik:
Tavsiyalarga muvofiq foydalanilganda, tavsiya etilgan o‘simliklar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.
G‘o‘zada ko‘sak qurtiga qarshi tasodifiy tanlangan 3 m qator uzunligidagi hamma o‘simliklar nazorat qilingan holda ko‘sak qurtining tuxum va lichinkalari sanaladi. 3 m lik qator uzunligida o‘rtacha 2 lichinka topilganda dorilash o‘tkaziladi.
Makkajo‘xori so‘ta qurti va makkajo‘xori parvonasiga qarshi kurashda zararkunandaning birinchi tuhumlari kuzatilganda dorilash o‘tkaziladi. Birinchi dorilashdan 15 kun o‘tgandan keyin ikkinchi dorilash o‘tkaziladi.
Olma mevaxo‘riga qarshi kurash prognozlash va erta aniqlash asosida olib boriladi. Bundan maqsad har davrga oid lichinka chiqishi vaqtida daraxtlarning dorilangan holda bo‘lishi va tuxumdan chiqqan lichinkalarni meva ichiga kirmasdan yo‘q qilishdir.
Pomidorda g‘o‘za tunlamiga qarshi kurashda dalaga diagonal ravishda kirilib dalaning katta kichikligiga qarab 50-100 ta o‘simlik tekshirilib o‘simlikning gul, barg, barg bandi va mevasida tunlam qurtlari qidiriladi va 100 ta o‘simlikning 5 tasida zararlanganlik alomatlari aniqlansa dorilash o‘tkaziladi.
Uzum barg o‘rovchisiga qarshi kurash vaqtlari prognozlash va erta ogohlantirish tizimlariga ko‘ra tashkil qilinadi. Lichinkalarga qarshi dorilash uchun tuzoqqa tushgan kapalaklar soni eng maksimumga chiqib, tushishni boshlagan paytda o‘tkaziladi. Uzum fenologiyasida zararkunandaning 1-avlodi gul kurtaklik, 2-avlodi shingillash, 3-avlodi mevaga shira kirish boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Ilk lichinka ko‘ringan davrda dorilash o‘tkaziladi va zararkunandaning har bir avlodiga qarshi dorilash o‘tkaziladi.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN MOSLIGI:
Surrender 5 SG bir qancha standart insektitsid va fungitsid bilan qorishtirilishi mumkin. Katta miqdordagi qorishmalar tayyorlashdan oldin maxsus testlar bajarilishi kerak.