Tabu super

Dezinfektsiyalovchi imidakloprid, 400 g/l + fipronil, 100 g/l


Yangi avlod insektisid urug` dorilagichi

G’o’za chigitlarini himoya qilish uchun samarasi va rentabelligi bo’yicha dunyoda tengsiz insektisid urug’ dorilagich.

• tuproqda va yer ustida yashovchi zararkunandalardan ishonchli himoya
• har xil kimyoviy sinflarga mansub bo’lgan ikkita t.e.m.
• uzoq muddatli himoya
• ildizni qirquvchi tunlamlarni bir pasda o’ldiradi

Imidakloprid neonikotinoidlar kimyoviy sinfiga kiradi, u kontakt, ichak orqali va sistemali faollikka ega. Fipronil fenilpirazollar sinfiga mansub, kontakt, ichak orqali ta’sir qiladi hamda o’rtacha darajadagi sistemali xususiyatlari mavjud.
Imidakloprid maysalar va yosh o’simliklarga ildizlari orqali kiradi va ularni zaralranish xavfi eng kuchli bo’lgan davrda himoya qiladi. Keyin u o’simlikning yer usti a’zolariga (akropetal yo’nalishda) tarqaladi va o’simlikning yangidan hosil bo’layotgan to’qimalarini himoya qiladi. Imidakloprid hasharotlarning asab tizimiga ta’sir qilib, postsinaptik asabining nikotinergik reseptorlarini bloklaydi.
Fipronil ham hasharotlarning asab tizimiga ta’sir qiladi va ularning gamma-aminomoy kislotasining reseptorlarini bloklaydi. Bu ta’sir etuvchi modda yuqori darajadagi va davomli insektisidlik toksikligi (hasharotlarga zaharliligi) mavjudligi bilan ajralib turadi. Preparatni o’simliklar tuproqdan ham so’rishi mumkin. O’simliklarni tuproqda yashovchi zararkunandalarning yetuk zotlaridan va barcha yoshlardagi lichinkalaridan ishonchli himoya qiladi.

Preparat hasharotlarning markaziy asab tizimidan signallar kelishini tez to’xtatadi, natijada ular oldin harakatlanish va oziqlanish qobiliyatlarini yo’qotadi, keyin esa bir kecha-kynduzda nobud bo’ladi. Preparat ekinlarni 50 kungacha himoya qiladi.
G’o’za chigitlari ekishdan oldin dorilanadi.
Tabu® Superni boshqa urug’ dorilagich fungisidlar bilan birga qo’llash mumkin. Har gal aralashtiriladigan birikmalarning bir-biriga mosligi tekshirilib ko’rilishi talab etiladi.
Ishchi eritma sarf-meyori – 18 L/t.
Preparat hajmi 5 L bo’lgan kanistralarda taqdim etiladi.

Ekin Zararkunandalar Sarf me’yori, L/t urug` Qo`llash usuli va muddatlari
G`o`za Ekin rivojlanishining erta bosqichlarida uchraydigan ildizqirqar
tunlamlar, shiralar va tripslar
6-8 Urug`lik chigitni dorilash